Yangiliklar

Image

Xushxabar: Andijon mashinasozlik instituti talabalari “President Tech Award” oʻz startapini taqdim etadi

“Plug and Play” mutaxassislari umumiy mukofot jamgʻarmasi 1 million dollar boʻlgan “President Tech Award” tanlovida ishtirok etishda davom etadigan jamoalarni saralab oldi. 
Hakamlar hayʼati startaplarni har bir yoʻnalish boʻyicha 10 balli tizimda baholadi, soʻngra ballar mezonning ahamiyatlilik koeffitsiyentiga koʻpaytirildi. Oʻrtacha ball startapning yakuniy natijasini aniqladi.
Tanlov natijalariga koʻra, beshta yoʻnalishning har birida 10 tadan eng yaxshi jamoa aniqlandi. Bu jamoalar oʻz startaplarini mutaxassislar oldida namoyish kunida taqdim etadilar.
Unda Andijon mashinasozlik instituti talabalaridan tarkib topgan “UzX Team” jamoasi Axborot va kiberxafsizlik texnologiyalari yoʻnalishida ishtirok etmoqda. Temurmalik Maʼmurov boshchiligidagi jamoa “Antihack” loyihasi bilan qatnashmoqda. 

- Soʻnggi paytlarda OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez firibgarlar tomonidan plastik kartalaridan noqonuniy pul yechib olish hamda shaxsiy maʼlumotlarni oʻgʻirlash holatlari haqida oʻqiyapmiz, - deydi Temurmalik Ma`murov. - Shunday holatlarni oldini olish uchun biz maxsus ilova ishlab chiqdik. Ilova plastik kartalardan ruxsatsiz pul yechib olish va shaxsiy maʼlumotlarni oʻgʻirlanishini oldini oladi. Biror sayt yoki tarmoqqa kirganingizda web-sahifalar ishonchliligini, mobil ilovalarni yuklab oʻrnatishingizdan oldin ularning xavfsizlik darajasini tekshiradi. Uyda yoki ishxonada WI-FI tarmoqlariga ulanib mobil telefon yoki kompyuterlardan foydalanganda maʼlumotlar tarqalib ketishiga barham beradi.

Qidirish