Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti Turkiyaning beshta nufuzli oliygohi bilan memorandum imzoladi

Samarqand shahrida Oʻzbekiston-Turkiya oliy taʼlim muassasalari ikkinchi taʼlim forumi oʻtkazilmoqda.


Ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish imkoniyatlarini kengaytirish, talabalar almashinuvi dasturlari, qoʻshma ilmiy loyihalar va boshqa strategik yoʻnalishlarda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, global istiqbolni taʼminlash uchun imkoniyat yaratish maqsadida tashkil etilgan forumda Oʻzbekistonning 50 dan ortiq, Turkiyaning 40 ta universiteti vakillari ishtirok etmoqda.

Forumda energetika, kimyo texnologiyalari, mashinasozlik, transport va logistika, arxitektura va qurilish sohalarida qoʻshma fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.


Ushbu nufuzli anjumanda Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev ham qatnashmoqda. Forum doirasida Turkiyaning oʻnga yaqin oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar olib borish rejalashtirilgan.
Ayni vaqtga qadar Ushak universiteti, Kayseri universiteti, Yalova universiteti hamda Artvin Chorux universiteti bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.


Ushbu oliygohlar oʻrtasidagi mazkur hamkorlik memorandumi muhandislik-texnika taʼlim yoʻnalishlarini ustuvor sifatida ilgari surish, magistratura va doktoranturada kadrlar tayyorlash, talablar almashinuvi, yagona ilmiy tadqiqot va laboratoriya ishlari, professor-oʻqituvchilarning malaka oshirishi va stajirovka dasturlarini tashkil etish, yagona taʼlim dasturlari tuzish, ilmiy va texnologik tajribalar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazish kabi dolzarb masalalarni oʻz ichiga oladi.

Qidirish