Yangiliklar

Image

Zakovatda bilimlar sinaldi

Andijon mashinasozlik institutida 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.
Tanlovda har birida 5 nafardan ishtirokchisi boʻlgan 6 ta jamoa qatnashdi.

\
Intellektual oʻyin 2 bosqichda tashkil etilib, har bir turda jamoa ishtirokchilariga 10 ta savol berildi. Savollar oʻzbek tilida, mantiqiy, “Nima? Qayerda? Qachon?” oʻyinlarining xalqaro standartlariga javob beradigan darajada boʻldi.

Qizgʻin bahs-munozarali oʻtgan oʻyinda jamoalar oʻz bilimlarini, aqliy salohiyatlarini namoyon qilishdi.
Yakunga koʻra, birinchi oʻrinni Avtomobilsozlik jamoasi qoʻlga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlar esa Elektrotexnika va Iqtisod jamoalariga nasib etdi.

Qidirish