Yangiliklar

Image

“Logistiklar” munozarada tengsiz deb topildi

17-noyabr- Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan “Munozara” turniri oʻtkazildi.
Yosh avlodni har tomonlama mukammal va mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega boʻlgan yoshlarni tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida oʻtkazilgan turnirda har bir fakultetdan bittadan jamoa oʻzaro bellashdi.


Final bosqichiga “Mashinasozlar” va “Logistiklar” jamoalari yetib keldi. Ular “Kino film orqali tarixini oʻrganish samarali” mavzusida bahs olib bordilar.
Qizgʻin va murosasiz kechgan final oʻyini yakuniy natijalariga koʻra, gʻalaba Transport va logistika fakultetining “Logistiklar” jamoasiga nasib etdi. “Mashinasozlar” jamoasi esa ikkinchi oʻrin bilan kifoyalandi.


Bundan tashqari “Intellektual yoshlar” hamda “Elektr” jamoalari ham shu “Xususiy taʼlim davlat ta`lim muassasalaridan ustun” mavzusida uchinchi oʻrin uchun kurashdilar. Ushbu oʻyinda Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetining “Intellektual yoshlar” jamoasining qoʻli baland kelib, uchinchi oʻrinni egalladi.

Qidirish