Yangiliklar

Image

Ufa davlat neft texnika universiteti dotsenti talabalarga dars oʻtdi

Andijon mashinasozlik instituti dunyoning Rossiya, Belarusiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Malayziya, Italiya, Turkiya, Polsha, AQSH, Bolgariya, Xitoy, Hindiston, Gretsiya, Janubiy Koreya va Portugaliya kabi xorijiy mamlakatlarning 50ga yaqin oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatgan.


Ushbu oliy oʻquv yurtlari bilan turli qoʻshma dasturlar orqali professor-oʻqituvchi va talabalar almashinuvi yoʻlga qoʻyilgan.
Xuddi shunday almashinuv dasturi asosida kuni kecha Rossiya Federatsiyasining Ufa davlat neft texnika universitetining neft va gaz instituti Neft va gaz konlarini qidirish va oʻzlashtirish kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi Alina Gizzatullina talabalar bilan yaqindan tanishish, anʼanaviy darslarni tashkil etish maqsadida Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyurdi.

Mehmon dastur doirasida Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining Texnologik mashinalar va jihozlar yoʻnalishi 1-bosqich talabalari uchun Oliy matematika kursi hamda magistraturaning Texnologiya va jihozlar yoʻnalishi talabalari uchun “Payvandlash texnologiyasi va uskunalari” fanlari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazdi.


Shuningdek Alina Gizzatullina institutda talabalarga yaratilgan sharoitlar, mavjud laboratoriyalar bilan ham yaqindan tanishdi.
Qayd etish lozim, ushbu almashinuv dasturi yoshlarimizga boshqa davlat professorlaridan ham bilim koʻnikmalarini olish imkoniyatini beradi.

Qidirish