Yangiliklar

Image

Хalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik institutida “Axborot oqimlari va intellektual tizimlarning ijtimoiy, iqtisodiy va texnik-texnologik tarmoqlardagi oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.


Anjumanda mahalliy hamda Rossiya, Xitoy, Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Qirg‘iziston kabi mamlakatlarning oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Anjuman davomida olim va mutaxassislarning  “Yangi Oʻzbekistonni innovatsion rivojlantirishda sifatli taʼlim va raqamli texnologiyalarni roli”, “Yaponiya milliy texnologiyalar institutida sunʼiy intellekt taʼlim dasturini joriy etish dasturlari”, “Texnik oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining ijodkorligini oshirish va oʻquv jarayonlarida yangi zamonaviy oʻquv innovatsion uslublarni joriy etish”, “Volga-Ural mintaqasining yoqilgʻi-energetika kompleksi korxonalari uchun “maktab-OTM-korxona” hamkorligi doirasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash”, “Yaponiya universitetlari ChatGPT va sunʼiy intellekt yozuvchilarining oʻsishiga qanday javob berishmoqda?” kabi mavzulardagi maʼruzalari tinglandi.


Ishtirokchilar tomonidan maʼruzalar hamda mavzu doirasidagi ishlar samaradorligini oshirish, ilgʻor, innovatsion gʻoya va loyihalarni amaliyotga tatbiq etish, ilgʻor tajriba va ish uslublarini ommalashtirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.


Kunning ikkinchi yarmida anjuman ishtirokchilar tomonidan shoʻbalarga boʻlingan holda texnik taʼlim yoʻnalishlarda oʻqitish, sunʼiy intellekt ishlab chiqarish va taʼlim integratsiyasi, iqtisodiyotda axborot texnologiyalari va tizimlari muammolari va yechimlari muhokama qilinib, qator dolzarb masalalar boʻyicha vazifalar belgilab olindi. 

Qidirish