Yangiliklar

Image

VAZIR O‘RINBOSARI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI BILAN TANISHDI

Shu kunlarda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi ishchi guruh Andijon viloyatidagi oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganmoqda.

Vazir o‘rinbosari Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyurdi. Muassasa o‘quv bino va yotoqxonalarning holati ko‘zdan kechirilib, isitish qozonlarining ko‘mir va tabiiy gaz yoki suyuq yoqilg‘iga moslashtirilgani, yoqilg‘i zaxirasi, ko‘mir saqlanayotgan omborxonalarning texnik holati bilan tanishdi. O‘rganish jarayonida ko‘mir zaxiralarining saqlanishi bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berdi.


Ma`lumot uchun, institutda 5 ta qozonxona mavjud bo‘lib, undagi 12 ta isiish qozoni ko‘mir yoqilg‘isiga mo‘ljallangan. Bugungi kunda rejaga asosan 310 tonna ko‘mir yoqilg‘isi zaxirasi yaratilgan.  

\\
O‘rganish davomida Sarvarxon Buzrukxonov institutda bunyod etilayotgan 600 oʻrinli talabalar turarjoyi hamda oʻquv binosi hamda universal sport maydoni qurilishi bilan ham yaqindan tanishdi.

Qidirish