Yangiliklar

Image

Uch avlod uchrashuvi oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik instituti “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostidagi “Maʼnaviyat marafoni” doirasida uch avlod uchrashuvi oʻtkazildi.


Unda oʻz sohasida yuksak tajribaga ega boʻlgan salohiyatli olim Belorus- Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti professori, fizika-matematika fanlari doktori Abbos Shermuhammadov hamda Andijon mashinasozlik instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi professori Abdujabbor Abdullayevlar hamda talabalar qatnashdi.


Uchrashuv davomida faxriylar hayot yoʻli, soha rivoji uchun amalga oshirgan ishlari, bu yoʻlda uchragan mashaqqatlar va qiyinchiliklari xususida yosh avlod vakillariga hikoya qilib berdi. Shuningdek, talabalar uchun motivatsion maslahatlar, ibratli fikrlar bildirib oʻtildi. Bilim va kitobning inson hayotidagi oʻrni haqidagi mulohazalar talabalarda katta taassurot qoldirdi.


Tadbir soʻngida ustozlar talablarga oʻqishlarida muvaffaqiyatlar tilab, kelajakka kata-katta maqsadlarga erishishlariga omadlar tiladi.

Qidirish