Yangiliklar

Image

Shavkat Mirziyoev “Astrum” akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot qildi.

“Bugun yangi IT akademiyasiga biz uchun ahamiyati nihoyatda yuqori bo'lgan IT sohasidagi etuk mutaxassislar va yoshlarimiz bilan uchrashuv o'tkazish uchun keldim.

Biz bugun birgalikda echimlarini topadigan masalalar butun O'zbekiston yoshlarining IT  sohasidagi intilishlariga katta turtki va motivatsiya berishiga ishonaman”, dedi davlatimiz rahbari.

“Bugungi kunda IT-parklarda 14 ming nafar yoshlar yuqori daromadli ish joylari bilan ta'minlandi.

Shu bilan birga, o'zini o'zi band qilgan IT mutaxassislari soni yil boshidan 2,5 barobarga o'sib, 43 mingga etdi.

Joriy yilning o'zida mamlakatimizda 134 ta yangi, jumladan 50 ta xorijiy IT kompaniyalari tashkil etildi, eksportchi korxonalar soni esa 2 baravarga oshdi.

So'nggi uch yilda mobil internet narxi 9 baravarga arzonlashdi va xalqaro reytingda 15-o'ringa ko'tarildik (68-o'rindan). 

Eng asosiysi, IT kasblarni egallash yoshlar o'rtasida trendga aylandi", - dedi davlatimiz rahbari.

Qidirish