Yangiliklar

Image

Rektorga biriktirilgan mahalla yoshlari qoʻllab-quvvatlanmoqda

Avval xabar berganimizdek, davlatimiz rahbarining 11-apreldagi videoselektor yigʻilishida bergan topshiriqlariga asosan Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyevga Andijon shahridagi “Maʼrifat” mahallasida istiqomat qiluvchi alohida eʼtiborga muhtoj, ijtimoiy-moddiy jihatdan yordam zarur boʻlgan 50 nafarga yaqin yoshlar biriktirilgan.

 
Ular bilan doimiy ravishda manzilli uchrashuvlar oʻtkazilmoqda hamda ularning ijtimoiy holati, murojaatlari va muammolari batafsil oʻrganilib, amaliy yordam koʻrsatish choralari koʻrilmoqda.


Kuni kecha institut byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Institutdagi dasturlash kursida oʻqiyotgan ikki nafar hamda mahalladagi oʻquvchi yoshlarni oliy taʼlim muassasasiga kirish uchun tayyorlov kursi tashkil etgan bir nafar yoshlar noutbuk, ishsiz ammo xonadonida turli tuzlama mahsulotlarini tayyorlash bilan shugʻullanish istagida boʻlgan bir nafar yoshga katta sigʻimli idishlar (bochka) topshirildi.Biriktirilgan yoshlar bilan ishlash jarayoni davom etmoqda.


Bu yigit-qizlarning har birini jamiyatda oʻz oʻrnini topishi, sogʻlom hayot kechirishi, oʻz orzu-maqsadlariga erishishi uchun barcha kuch va imkoniyatlardan foydalaniladi.

Qidirish