Joriy yilning 6-10 noyabr kunlari Gretsiyaning G‘arbiy Makedoniya universitetida Erasmus+ "Oliy ta'limda salohiyatni oshirish-CBHE" yo'nalishi doirasida "I2-PLEDGE: Biotibbiyot muhandisligi bo'yicha innovatsion va fanlararo dasturlarni O'zbekistondagi talabalarning ishga joylashishi uchun raqamli o'sish dasturidan foydalanish" loyihasi ishtirokchilaring ikkinchi uchrashuvi va malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda. Ushrashuvga Yevropa Ittifoqining 2 ta universiteti, 1 ta malaka oshirish markazi va O‘zbekiston Respublikasining 7 ta oliy ta’lim muassasalari 20 dan ortiq vakillari ishtirok etmoqda.
Loyihadagi hamkor ta’lim muassasalari:
1. Laquila Universiteti – Italiya
2. G‘arbiy Makedoniya Universiteti – Gretsiya
3. Epimorfotiki Kilkis xalqaro malaka oshirish markazi – Gretsiya
4. Toshkentdagi Turin politexnika universiteti
5. Toshkent tibbiyot akademiyasi
6. Toshkent davlat texnika universiteti
7. Andijon mashinasozlik instituti
8. Adijon davlat tibbiyot instituti
9. Toshkent ahborot texnologiyalar universitetining Urganch filiali
10. Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali
Ushbu uchrashuvda institutning Mashinasozlik ishlab chiqarishni avtomatlashtirish kafedrasi doktoranti Javlonbek Rahmatillayev va Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti kafedrasi tayanch doktoranti Yodgorbek Ismoiljonovlar ishtirok etishmoqda.