Yangiliklar

Image

Uz-Koram Ko” korxonasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi

Andijon shahridagi “Uz-Koram Ko.” masʼuliyati cheklangan jamiyati mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar uchun bamperlar, instrumental panellar, eshik qoplamalari, zarba yutqichlar yetkazib beradi. Korxonada ming nafardan ortiq ishchi mehnat qilmoqda.


Korxonada yangi loyihalarning amalga oshirilishi natijasida ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga ortmoqda. Bu esa salohiyatli kadrlarga boʻlgan talabning ham ortishiga xizmat qilmoqda.


Bugun Andijon mashinasozlik institutida ayni ushbu korxona masʼullari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
Unda “Uz-Koram Ko” MCHJ bosh direktori Iqboljon Joʻrayev, loyihalar va texnologiyalar boshqarma boshligʻi Abbosxon Qobuljonov, xodimlar boshqaruvi xizmati boshligʻi Sardorbek Muxtoraliyev hamda institutning yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Akmaljon Ermatovlar ishtirok etdi. 


Uchrashuvda dastlab korxona tarixi, faoliyati koʻrsatish sohasi, kadrlarga boʻlgan talab, ishlab chiqarish jarayonlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. 
Shundan soʻng talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga masʼullardan javob oldilar. 


Shuningdek uchrashuvda ishlab chiqarishdagi mavjud muammolarni institut bilan birgalikda ilmiy yondashuv asosida yechimlar topish va talabalar amaliyotini tashkil etishdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish kabi masalalar ham muhokama etildi.

Qidirish