Yangiliklar

Image

Talabalar eng muhim mavzularda “Munozara” qildilar

Andijon mashinasozlik institutida 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan “Munozara” turniri oʻtkazildi.
Yosh avlodni har tomonlama mukammal va mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega boʻlgan yoshlarni tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida oʻtkazilgan turnirda har bir fakultetdan bittadan jamoai oʻzaro bellashdi.


Bellashuvlar “Texnika taraqqiyoti inson hayotiga ijobiy taʼsir etadi”, “Inson kamolotida ijtimoiy muhit muhim”, “Xususiy taʼlim muassasalari davlat taʼlim muassasalaridan ustunmi” mavzularida boʻldi.


Dastlabki natijalarga koʻra Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetlari jamoasi Iqtisodiyot, Elektrotexnika fakulteti jamoasi esa Avtomobilsozlik jamoasidan qoʻli baland keldi. Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti jamoasi Transport va logistika jamoasi bilan durang o‘ynab turnirning birinchi bosqich gʻolibiga aylandi.

Gʻolib jamoalar 9-noyabr kuni finalda oʻzaro bellashadilar.

Qidirish