Andijon mashinasozlik instituti hamda Belarus Milliy texnika universiteti bilan hamkorlikdagi qo'shma ta'lim dasturida o‘qish istagini bildirib hujjat topshirgan abituriyentlar uchun joriy yilning 2-noyabr kuni imtihonlar o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan abituriyentlardan 2-noyabr kuni soat 14-00da institutning Avtomobilsozlik fakultetida o‘tkaziladigan imtihonga o‘z vaqtida institutga kelishlari so‘raladi.
Eslatma: Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan kelishingiz zarur. Uni o‘rnini bosuvchi hujjat nusxasi qat'iyan taqiqlanadi. Kechikkan abituriyentlar binoga kiritilmaydi.