Yangiliklar

Image

Andijonda oʻquvchilar uchun Minsk davlat mashinasozlik kolleji bilan hamkorlikda 1+1 formatda qoʻshma taʼlim dasturi ochilishi mumkin

Kuni kecha rektor Belarus milliy texnika universiteti hamda uning filiali hisoblangan Minsk davlat mashinasozlik kollejiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida kollejda oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, qaysi mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlanishi, filialning moddiy-texnik bazasi, laboratoriyalarini koʻzdan kechirdi. Shuningdek, filialning tashkil topish tarixiga oid muzey xonasini bilan tanishdi.

Kelgusida universitet bilan tuzilgan memorandum doirasida Andijonda qoʻshma taʼlim dasturi asosida 1+1 formatida qoʻshma taʼlim dasturini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Maʼlumot uchun, kollej Minsk shahridagi yetakchi oʻrta maxsus taʼlim muassasasi hisoblanib, unda mashinasozlik korxonalari uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boʻyicha taʼlim dasturlari olib boriladi. Bitiruvchilar olingan mutaxassislik yoki kasbga muvofiq Belarus Respublikasidagi tashkilotlarga ishlash uchun yuboriladi.

 

Qidirish