Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik institutining Belarus Respublikasidagi hamkorlari soni yana bittaga oshdi

Minskda oʻtkazilgan Oʻzbekiston va Belarus oliy taʼlim muassasalari rektorlarining forumi doirasida yana bir oliy taʼlim muassasasi bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyildi.
Forumda Andijon mashinasozlik instituti hamda Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.


Universitet Belarus Respublikasidagi axborot texnologiyalari, radiotexnika, elektronika va telekommunikatsiyalar sohasidagi yetakchi oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Uning tarkibida 9 ta fakultet, 32 ta kafedra, Axborot texnologiyalari instituti, Minsk radiotexnika kolleji mavjud.
Imzolangan memorandumning umumiy maqsadi institutning kadrlar tayyorlash salohiyatini yanada boyitishga qaratilgan. Jumladan ilmiy-pedagogik xodimlarning stajirovka, malaka oshirish va kasbiy qayta tayyorlash shaklida akademik harakatchanligi boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, ikki tomonlama akademik harakatchanlikni rivojlantirish maqsadida aspirantlar, magistrantlar va talabalar almashinuvi oʻtkazishdan iborat.


Bundan tashqari qoʻshma taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, birgalikdagi tadqiqotlar
va maslahat faoliyatini amalga oshirish, oʻquv, uslubiy va ilmiy adabiyotlarni birgalikda tayyorlash va nashr etish va boshqalar belgilangan.
Forum doirasidagi uchrashuvlar davom etmoqda.

Qidirish