Minskda Oʻzbekiston va Belarus oliy taʼlim muassasalari rektorlarining anjumani oʻtkazildi. Anjumanda energetika, geologiya, kimyo texnologiyalari, mashinasozlik, transport va logistika, yengil sanoat va axborot texnologiyalari sohalari uchun hamkorlikda malakali kadrlar tayyorlash va ilmiy loyihalarni amalga oshirishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Forum doirasida Andijon mashinasozlik instituti va Belarus davlat transport universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat institut rektori Umid Turdialiyev va BDTU birinchi prorektori Yuriy Samodum tomonidan imzolandi.
Maʼlumot uchun, BDTU 70 yillik tarixga va tarkibida 9 ta fakultet, ikki institut, sinov va sertifikatsiya markazlari, 3 ta kollej va 6 mingdan ortiq talabaga ega Belarusdagi eng nufuzli oliy oʻquv yurtlaridan biri hisoblanadi.