Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti delegatsiyasi Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi

Delegatsiyasi a'zolari M. Adishev nomidagi O‘sh texnologiyalari universitetining 60-yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etadi.

Ayni paytda O‘sh texnologiyalar universitetining 60-yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazilmoqda.
Unda Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev so‘zga chiqib, O‘sh texnologiyalari universiteti bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalari haqida to‘xtaldi. Shuningdek universitet jamoasini barcha Andijon mashinasozlik instituti jamoasi nomidan bayram bilan tabriklab, esdalik sovg‘alarini topshirdi. 


Bayram davom etmoqda. 
Tadbirdan so‘ng delegatsiyasi a'zolari tushlikdan so‘ng o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanda o‘zlarining ma'ruzalari bilan ishtirok etishadi.

 

Qidirish