Yangiliklar

Image

Jurnalist va blogerlar institutda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Andijon mashinasozlik institutining ilmiy, oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda erishayotgan yutuqlarini tanishtirish hamda kengroq jamoatchilikka yetkazish maqsadida muassasa boʻylab press-tur tashkil etildi.


Viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamda Jurnalistlari uyushmasi viloyat boʻlimi hamkorligida oʻtkazilgan mazkur media tadbirda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, mustaqil jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdi.


Tur davomida mehmonlar Avtomobilsozlik hamda Iqtisodiyot fakultetlari oʻquv binosida tashkil etilgan Biotibbiyot muhandisligi hamda Mexatronika va robototexnika yoʻnalishlari yoʻnalishlari oʻquv laboratoriyalari, Avtomobilsozlik fakulteti oʻquv amaliyot markazida professor-oʻqituvchilar hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek oʻquv jarayonlarini bevosita kuzatish imkoniga ega boʻldilar.


Press-tur davomida xodimlar malakasini oshirish, xorij tajribasini oʻrganish, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yaxshilash boʻyicha erishilayotgan natijalar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Qidirish