Yangiliklar

Image

Korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi

Andijon mashinasozlik instituti hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi oʻrtasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlik qilib kelinmoqda.

Institutning Avtomobilsozlik hamda Iqtisodiyot fakultetlarida muassasa kengashi aʼzolari, dekanlar oʻrinbosarlari, shuningdek barcha tuzilmalarning rahbar xodimlar ishtirokida departamentning viloyat oliy taʼlim muassasalari uchun yuborilgan Taqdimnomasiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.

Unda dastlab institut rektori Umid Turdialiyev soʻzga chiqib korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida gapirdi. 

Shundan soʻng departament viloyat boshqarmasi tezkor boʻlim katta inspektori Umarjon Mamajonov boshqarma tomonidan viloyatning barcha oliy taʼlim muassasalari uchun moʻljallangan Taqdimnomasini oʻqib eshittirdi hamda soʻnggi paytlarda taʼlim tizimida korrupsion jinoyatlar soni oshib borayotganligi, aniqlangan holatlar boʻyicha fikr mulohazalarini bildirdi. Institutda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi boʻyicha olib borilayotgan ishlar, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimining profilaktik tadbirlar haqida ijobiy baho berdi. 

Shuningdek, U.Mamajanov institutning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida faol qatnashayotgan professor-oʻqituvchilar va xodimlarni departament tomonidan ragʻbatlantirish taklifini kiritdi.

Qidirish