Andijon davlat universitetida “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar — yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida o‘tkazilayotgan “InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari prorektorlari ishtirokida “Yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuv davomida loyiha mualliflari forum doirasida namoyish etilgan ixtirolarning ahamiyati, maqsadi hamda kelgusidagi rejalari bilan tanishtirib o'tdi.
Ushbu tadbir loyiha mualliflarining o'zaro muloqot qilishlari, innovatsion ishlanmalar va xalqaro zamonaviy va ilg‘or texnologiyalardan foydalanishlarida dasturulamal bo'lib xizmat qildi.
Tadbirda Andijon mashinasozlik instituti stajyor-tadqiqotchisi Serobiddin Orifjonov “Avtomobil yo‘llarida kichik quvvatli shamol generatorini loyihalash” mavzusida taqdimotini o‘tkazdi.