Yangiliklar

Image

“Qalqon” jamoatchilik guruhi tashkil etildi

Andijon mashinasozlik instituti axborot resurs markazida institut rektori Umid Turdialiyevning “Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari bilan uchrashuvi oʻtkazildi.

Uchrashuvda rektor ushbu jamoatchilik guruhi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, Yoshlar siyosati va sport, Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari hamda Milliy gvardiyaning qoʻshma qaroriga asosan talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga koʻmaklashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, oliy taʼlim muassasalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga koʻmaklashish maqsadida institutda tashkil etilganligini bildirdi. Shuningdek, aʼzolarga boshlayotgan ishlarida sergaklikni yoʻqotmaslikni va vazifalariga masʼuliyat bilan yondashish shartligini taʼkidladi.

Shundan soʻng jamoatchilik guruh aʼzolari institutga biriktirilgan profilaktika inspektori Izzatillo Qahhorov boshchiligida muassasa hududida tinchlik, osoyishtalik va tartib-intizomni taʼminlashga kirishdilar.

Qidirish