Yangiliklar

Image

“Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi” oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik institutida yoshlarining tadbirkorlik sohasiga boʻlgan qiziqish va eʼtiborini oshirish maqsadida “Tadbirkor va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.

Tadbirni institut rektori Umid Turdialiyev ochib berib, yurtimizda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan oqilona siyosat, yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhiti, tadbirkorlarga berilayotgan keng imtiyozlar xususiy sektorning jadal rivoj topishiga xizmat qilayotganini qayd etdi.

Shundan soʻng, Andijon shahridagi “IXTISOSLASHGAN MONTAJ QURILISH TAʼMIRLASH” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Abdulhamid Karimov yoshlarga bolalik va talabalik yillari, faoliyatining boshidagi ilk qadamlar, erishayotgan yutuqlari hamda kelgusidagi rejalari haqida hikoya qilib berdi.


- Hech bir ishga, mavqega osonlikcha erishib boʻlmaydi, - deydi Abdulhamid Karimov. - Barchasi oʻzingizning mehnatingiz, harakatingizga bogʻliq. Men qila olmayman deb oʻtirsangiz, siz aniq qila olmaysiz. Maqsadingizni aniq qilib, unga bor kuchingizni sarflang. Osonlikcha erishilgan narsalar, osonlikcha ketadi.

Tadbirkor bosib oʻtgan hayot yoʻli va bugungi kunda olib borayotgan faoliyati haqidagi fikrlaridan soʻng tadbir ishtirokchilari bilan qizgʻin muloqotga kirishdi. Yoshlar biznes yuritish sirlari, yuqori natijaga erishish va jamiyatda mavqe qozonadigan tadbirkorga aylanish toʻgʻrisida qimmatli tavsiyalar olishdi.

Qidirish