Yangiliklar

Image

Institutda 600 oʻrinli talabalar turarjoyi hamda oʻquv binosi qurilishiga start berildi

2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish, barcha qulayliklarga ega boʻlgan zamonaviy talabalar turar joylarini qurish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi 563-son “Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori dasturilamal boʻlib xizmat qilmoqda.

Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon mashinasozlik instituti hududida “Ixtisoslashgan montaj qurilish taʼmirlash” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan davlat xususiy sherikchilik asosida 600 oʻrinli talabalar turar-joyi hamda oʻquv bino inshooti qurilmoqda.

Kuni kecha institut rektori Umid Turdialiyev jamiyat rahbari bilan yaqinda boshlangan qurilish jarayonlarini koʻzdan kechirdi.

Qayd etish lozim, bino 10 qavatdan iborat boʻlib, tom qismiga quyosh panellari oʻrnatiladi. Binoning birinchi, ikkinchi va uchinchi qavatlari oʻquv binosi sifatida foydalanishga moʻljallanayotgan boʻlsa, qolgan olti qavati talabalar turar joyidan iborat boʻlishi belgilangan.

Talabalar boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishi, maroqli dam olishi uchun bu yerda barcha zarur sharoitlar yaratiladi. Turar joy binosida zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter xonalari, axborot-resurs markazi, shu bilan birga, dam olish va maishiy xonalari zarurligiga ham alohida eʼtibor qaratilgan. 

Qurilish ishlari mamlakatimiz Mustaqilligining 33 yilligi bayrami arafasida yakunlanib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Qidirish