Andijon mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik hamda Iqtisodiyot fakultetlarida “Tadbirkor va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.
Tadbirkorlik faoliyatini keng targʻib etish, joylarda ishbilarmonlik muhitini kengaytirish maqsadida oʻtkazilgan tadbirda “Andijon biokimyo” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlaridan biri Sanjarbek Qodirov hamda Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Abdurashid Anifiyayevlar ishtirok etdi.
Master-klass tarzida oʻtgan ochiq muloqotda yoshlarga tadbirkorlikni boshlash, biznes qilishning qonun-qoidalari, muvaffaqiyatga erishish sirlari haqida keng tushunchalar berildi. Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, moliya, iqtisodiyot, bank va boshqa sohalarga aloqador dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashilindi.
Uchrashuv soʻnggida yoshlarga hamisha yangilikka intilish kerakligi, mashaqqatli mehnatdan va oʻrganishdan qochmaslik lozimligi haqida mulohazalar bildirildi.