Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti “Xotin-qizlar maslahat kengashi” raisi e’tirof etildi.

Ma’lumki ayollarni ijtimoiy-siyosiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida barcha oliy va professional ta’lim muassasalari hamda akademik liseylarda Xotin-qizlar maslahat kengashlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bugun, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tizimda faoliyat yuritayotgan 28 nafar eng faol, fidoiy Xotin-qizlar maslahat kengashlari raisi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining “Faxriy yorlig‘i” hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu e’tirof etgan faol xotin-qizlar orasida institutimiz “Xotin-qizlar maslahat kengashi” raisi Ra’noxon Yusupova ham e’tirof etildi.



Qidirish