Andijon mashinasozlik instituti intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetida “Oitsga qarshi kurashish - bunga barchamiz masʼulmiz” mavzusida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Unda viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassisi J.Mamadaliyeva, institut maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi M. Xaliqova, profilaktika inspektori I. Qahharovlar ishtirok etdilar.
Tadbirda OITS kasalligi, uning oldini olish chora-tadbirlari, kasallik haqidagi soʻnggi maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, dunyo hamjamiyati tomonidan orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi kasalligiga chalinishning oldini olish uchun aholining bu boradagi tibbiy bilimini oshirish, kasallik profilaktikasi va uni davolashning yangi metodlarini ishlab chiqish yoʻnalishida uzluksiz ilmiy izlanishlar olib borish, kasallikka chalingan bemorlar bilan tizimli ishlash borasidagi chora-tadbirlarga qaramay, afsuski, mazkur kasallikka chalinish holatlari kuzatilayotgani qayd etildi. Kasallikning minglab odamlar umriga zomin, oilalar parokandaligi, jamiyatda turli nizolarni kelib chiqishiga sabab boʻlayotgani insoniyatning eng katta muammosi ekanligi taʼkidlandi.
Suhbat yakunida talaba-yoshlarning ham mavzular yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.