Yangiliklar

Image

Institutda 4-oktyabr kuni doktorant va mustaqil tadqiqotchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarorida Innovatsion rivojlanish vazirligi (hozirda – Innovatsion rivojlanish agentligi), tizimda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy tashkilotlar va taʼlim muassasalariga ega vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi boʻyicha har yili kamida 1 marta monitoring olib borishi belgilangan.

Shuningdek, tizimida ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan tegishli vazirlik, idora va tashkilot xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzish keltirilgan. Shu munosabat bilan, Innovatsiyon rivojlanish agentligining 2023-yil 8-sentabrdagi 168-son buyrugʻiga asosan izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi monitoringini oʻrganish boʻyicha tegishli tashkilot xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tuzildi. 

Innovatsiyon rivojlanish agentligi xodimi Pirmatov Barkamoljon Gayratjonovich boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari Karimova Muyassar Xamitovna va Yuldashev Ravshan Muslimovichlar joriy yilning 3-5 oktyabr kunlari Andijon mashinasozlik institutida doktorantlar faoliyatining samaradorligi boʻyicha monitoring olib bordilar.

Shuningdek, 4-oktyabr kuni institut doktorant va mustaqil tadqiqotchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda ishchi guruh a’zolari tadqiqotchilarga maslahat va takliflar berdilar. Tadqiqotchilar tomonidan berilgan savollarga ishchi guruh a’zolari batafsil ma’lumot berib o‘tdilar.

Qidirish