Andijon shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy V.A.Zolotaryov xotirasiga bagʻishlangan anʼanaviy 17-xotira turniri oʻtkazildi.
Unda respublikamizning barcha hududlari hamda Qozogʻiston, Eron, Qirgʻiziston va Tojikiston davlatlaridan 150 nafardan ortiq charm qoʻlqop ustalari gʻoliblik uchun ringga koʻtarildilar.
Mazkur musobaqada Andijon mashinasozlik instituti “Talabalar sport klubi” aʼzosi Dostonbek No‘monjonov 60 kilogramm vazn toifasida janglarda ishtirok etdi. Murosasiz kechgan bahslar finalida D. No‘monjonov buxorolik A.Radjabov bilan bahslashib, teng natijaga erishib, birinchi qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Oʻzbekiston chempionatiga yoʻllanma hamda sport ustasi unvoniga ega boʻldi.
Dostonbekni ushbu gʻalaba bilan institut “Talabalar sport klubi” rahbariyati hamda aʼzolari nomidan tabriklaymiz hamda kelgusi musobaqalarda ham yuqori natijalarga erishishiga tilakdoshmiz.