Yangiliklar

Image

TALABAMIZ VODIY OCHIQ CHEMPIONATI SOVRINDORI BOʻLDI

Joriy yilning 25-28-sentyabr kunlari Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sportning Tayekwondo WT turi boʻyicha bolalar, yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida vodiy ochiq chempionati oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Tayekvondo WT Assotsiatsiyasi Andijon viloyati boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan musobaqada Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlari hamda Tojikiston, Qirgʻiziston hamda Qozogʻiston Respublikalaridan 300 dan ortiq sportchilar ishtirok etdi.

Musobaqada Andijon mashinasozlik instituti Iqtisodiyot fakulteti 4-bosqich talabasi Alyorbek Arabboyev 80 kilogram vazn toifasida qatnashib, 2-oʻrinni egalladi.

Alyorbekni ushbu gʻalaba bilan institut jamoasi va talabalari nomidan tabriklaymiz!

Qidirish