Yangiliklar

Image

Mexatronika va robototexnika muammolari va istiqbollari muhokama qilindi

Andijon mashinasozlik institutda “Mexatronika va robototexnika: muammolar va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida 2-xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “MechaUz-O‘zbekistonda Mexatronika va robototexnika bakalavriat taʼlim yoʻnalishini innovatsion gʻoyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish” loyihasi yakuni oldidan oʻtkazilgan anjumanda mamlakatimiz hamda Yevropaning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan 50 ga yaqin professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda magistrantlar ishtirok etdi.


Anjumanning ochilish marosimida institut rektori Umid Turdialiyev nutq soʻzlab, soʻnggi yillarida mexatronika va robototexnika taʼlim yoʻnalishini milliy ustuvorliklarga asoslangan va oliy taʼlimda innovatsion gʻoyalar va raqamli texnologiyalar orqali rivojlantirishga eʼtiborga qaratilayotganini bildirib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.


Shundan soʻng, Litvaning Gediminas nomidagi Vilnyus texnika universiteti mexatronika va robototexnika kafedrasi professori Vitautas Buchinskas, Gretsiya xalqaro universiteti professori Kokokiris Lambros, Portugaliyaning Viana-du-Kashtelu politexnika instituti professori Duarte Nunu Maleyru Alves, MICHA kafedrasi mudiri Azamat Yusupovlar soʻzga chiqishdi. Anjumanda ularning “Mexatronika va robototexnika: oʻqitish muammolari va yechimlari”, “Mexatronika va robototexnika: Ishlab chiqarish va taʼlim integratsiyasi”, “Mexatronika va robototexnika: Iqtisodiy samaradorlik”, “Mexatronika va robototexnikada elektrotexnika elektromexanika va elektronika”, “Intellektual muhandislik tizimlari” mavzularida maʼruzalari tinglandi.


Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar sho‘balarga boʻlinib, ilmiy izlanishlar samarasini tahlil qilishib, erishilgan yutuqlar va yechimini kutayotgan masalalar xususida munozaralar oʻtkazib, qator dolzarb vazifalarni muhokama etishdi.

Qidirish