Yangiliklar

Image

Oʻqituvchi va murabbiylar eʼzozlandi

Andijon shahridagi “Shodlik” tantanalar saroyida 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.
Unda Andijon mashinasozlik instituti professor-oʻqituvchilari, xodimlari, koʻp yillik tajribaga ega faxriy ustoz va murabbiylar ishtirok etdi.


Tadbirda institut rektori Umid Turdialiyev soʻz olib, yigʻilganlarni kasb bayrami bilan samimiy qutlab, keyingi yillarda mamlakatimiz taʼlim tizimida, ayniqsa, oliy taʼlim muassasalarida keng koʻlamli islohotlar olib borilayotganligi, professor-oʻqituvchilar, yosh olimlarning samarali faoliyat yuritishlari, ilmiy tadqiqotlar olib borishlari zarur barcha sharoitlar yaratib berilayotganligini taʼkidlandi. Sohada erishilayotgan barcha yutuqlar fidoyi ustoz-murabbiylarning fidokorona mehnati evaziga kundan-kun ortib borayotganini qayd etdi.


Shundan soʻng, bir guruh koʻp yillik tajribaga ega professor-oʻqituvchilar koʻp yillik samarali mehnati va oʻz xizmat vazifasiga sadoqati, uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Andijon viloyati hokimligi hamda institut rektorining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, institutda koʻp yillardan beri mehnat qilib kelayotgan ustozlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.


Yosh ijrochilar va viloyatimiz sanʼat ustalari tomonidan ijro etilgan ustozlarni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar bayram fayzini yanada oshirdi.

Qidirish