Yangiliklar

Image

Yorqin, nafis va serjilo: Institutda “Xon atlas 2023” festivali oʻtkazildi

Atlas – oʻzining turfaligi, goʻzalligi, qadimiyligi va betakrorligi hamda eng yorqin ranglar tabiat jilosi, gullar tasvirini oʻzida mujassam etgan oʻzbek milliy matosi hisoblanadi.  Bir necha asrlardan beri dunyo ahlini hayratga solib kelayotgan atlasning vatani – Oʻzbekiston hisoblanadi.


Qayd etish lozim, Xonatlas esa bu turdagi matolarning eng qimmatbahosi hisoblanadi. 
Shu sababdan ham har yili milliy liboslar vositasida xalqimizning asrlarga tutash boʻlgan oʻtmishi, urf-odati va anʼanalari, didi, estetik qarashlari, oʻziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etish maqsadida “XONATLAS” milliy festivali oʻtkazib kelinmoqda. 


Mazkur festival yurtimizning barcha goʻshalarida boʻlgani kabi Andijon mashinasozlik institutida ham koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.
Oliy oʻquv yurti hovlisi xonatlas, adras liboslaridagi talaba-qizlar, pedagog-oʻqituvchi ayollar bilan oʻzgacha qiyofa kasb etdi. Bu goʻzallik qalblarni toʻlqinlantirdi, dillarni yayratdi. Milliy ohangdagi musiqa sadolari va qoʻshiqlar esa bunday goʻzallik va betakrorlikni yanada toʻldirdi.


Anglash mumkinki, ajdodlarimiz yuksak tafakkuri, nozik didi, bebaho hunari tufayli yaratilgan bunday milliy matolarimiz nafaqat zakovat va salohiyatimiz koʻzgusi, balki milliy gʻururimiz ifodasiga ham aylanib ulgurdi.


Bu kabi targʻibot tadbirlari kelgusida respublikamiz xotin-qizlarining betakror milliy matolarimiz boʻlgan adras va atlas liboslariga boʻlgan qiziqishlarini yanada orttirishiga ishonamiz.

Qidirish