Yangiliklar

Image

Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashiladi

Andijon mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik hamda Iqtisodiyot fakultetlarida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan davra suhbatida IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi M.Maʼmirjonov, Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimi R. Oʻlmasov hamda Institut yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori A.Ermatov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i M.Xaliqovalar ishtirok etdi.

Tadbirda Vatanni himoya etish, uni sevish va eʼzozlash har bir insondan buyuk maʼnaviy jasorat talab etishini taʼkidlandi. Shuningdek, mamlakatimizda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar, tumanda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirildi.

Tadbirda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash boʻyicha amalga oshiriladigan muhim vazifalar, bu borada aholining bilim va tushunchalarini oshirish, milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning oʻziga xos urf-odat, anʼanalarini keng targʻib etish, milliy mafkura va maʼnaviyatimizga salbiy taʼsir etuvchi omillar, “ommaviy madaniyat” koʻrinishlari, diniy aqidaparastlik gʻoyalari taʼsiridan saqlanish, salbiy holatlar kelib chiqishining oldini olish muhimligi alohida qayd etildi.

Qidirish