Yangiliklar

Image

Talabalar ijara xonadonlari o‘rganildi

Andijon mashinasozlik instituti fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda institutga biriktirilgan profilaktika inspektori doimiy ravishda talabalar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlarida o‘rganishlar bo‘lmoqdalar.

Talabalarning holidan xabar olish, yashayotgan xonadonlaridagi sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida o‘tkazilayotgan o‘rganishlar davomida talabalar va xonadon egalari texnika xavfsizligi va sanitariya qoidalari bilan tanishtirilmoqda, is gazidan zaharlanishni oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha tushuntirishlar berilmoqda. Shuningdek, mas`ullar ijara shartnomasi tuzilganligi, talabalarning mavjud muammo va kamchiliklarini eshitmoqdalar bilan qiziqmoqdalar. 

Xonadonlarni ozoda saqlash va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish boʻyicha zarur tavsiyalar berilmoqda.

Qidirish