Andijon mashinasozlik institutida “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun” shiori ostida hamda yangi 2023-2024 oʻquv yili boshlangani munosabati bilan Ota-onalar kongressining yigʻilishi oʻtkazildi.
Unda soʻzga chiqqan institut rektori U. Turdialiyev ota-onalarga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, institut tarixi va bugungi kuni haqida qisqacha hikoya qildi. Shuningdek, institutdagi taʼlim va tarbiya jarayonlari ota-onalar bilan doimiy hamkorlik va hamjihatlikda olib borilishini taʼkidlab oʻtdi.
Bundan tashqari kredit-modul tizimi, axloq-odob kodeksi, talabalarga yaratilayotgan sharoitlar va ota-onalar masʼuliyati haqidagi fikrlar bildirildi.
Farzandining taqdiriga befarq boʻlmagan ota-onalar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga rahbariyat tomonidan javoblarini olishdi. Shu bilan birga farzandlarining kasbiy bilimlarni egallashda tahsil beradigan professor-oʻqituvchilarning zahmatli faoliyatiga ulkan zafarlar tilashdi.