Yangiliklar

Image

"Yoshlar akademiyasining oliy ta'lim muassasasi lideri" va “Yoshlar akademiyasining fakultet liderlari” tanlovida ishtirok eting!

DIQQAT E’LON! 

Aziz talaba-yoshlar! Sizlarga ajoyib yangilikni mamnuniyat bilan e'lon qilamiz!

Agarda sizda liderlik, boshqaruvchilik hamda yangiliklar yaratish ishtiyoqi bo'lsa, "Yoshlar akademiyasining oliy ta'lim muassasasi lideri" va Yoshlar akademiyasining fakultet liderlari tanlovida ishtirok eting!

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

1.     Talabgor ma’lumotnomasi (obyektivka)

2.     Talabgorning ilmiy ishlari ro‘yxati (maqola, tezis, patent va h.k.)

3.     Talabgorning o‘zi hamda erishgan yutuqlari to‘g‘risida umumiy ma'lumot (o‘qish va yashash joyi, tanlov va olimpiadalarda ishtiroki…)

Ma’lumotlarni Iqtidorli talabalar ilmiy – tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi yoki @Lily_future2014 ga yuborishingiz so'raladi! Ma'lumotlar 27.09.2023-yil kuniga qadar qabul qilinadi.

Ilovalar:

Ilovani yuklab olish

Yoshlar akademiyasi haqida batafsil ma'lumotni ilovada keltirilgan "Yoshlar akademiyasi nizomi" orqali bilib olishingiz mumkin.

Qidirish