Yangiliklar

Image

Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining koordinatorlari saylandi

Andijon mashinasozlik institutida O’zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan imzolangan qo‘shma qaror ijrosini ta'minlash maqsadida yo'nalishlar bo’yicha fakultet koordinatorligi va talaba-qizlar fakultet koordinatorligiga ariza bilan murojaat qilgan nomzodlar uchun suhbat o‘tkazildi.

Nomzodlar 2 bosqichda saralandi. Birinchi bosqichda yoshlar tashkilotlari hamda mamlakatimizda bo‘layotgan islohotlar borasidagi bilimlarini aniqlash maqsadida test sinovi o‘tkazilib, ikkinchi bosqichda har bir nomzod bilan suhbat o‘tkazildi.
Munosib deb topilganlar koordinatorlikka tayinlandi.

Ma`lumot uchun, Yoshlar yetakchilari va koordinatorlarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:
- Yo‘nalish va fakultet koordinatorlari Yoshlar yetakchisi tavsiyasi asosida har oyda bazaviy stipendiyaning uch baravari miqdorida moddiy rag‘batlantirib boriladi;


- Har yili O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tavsiyasi bilan faol yetakchilar “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi;
- Har yili “Yoshlar kuni” arafasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tavsiyasi bilan faol yetakchilar “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

Qidirish