Yangiliklar

Image

Professional taʼlim muassasalarning tarmoq administratorlari uchun seminar oʻtkazildi

Andijon shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida professional taʼlim muassasalarining tarmoq administratorlari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan seminar oʻtkazildi.

Seminar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi viloyat hududiy boshqarmasi, Andijon mashinasozlik instituti hamda Jurnalistlar uyushmasi viloyat boʻlimi hamkorligida tashkil etildi. Unda shahar va tumanlardagi kasb-hunar maktablari ham texnikumlarning tarmoq administratorlari ishtirok etdi.

Tadbirda uyushma viloyat boʻlimi raisi Maxpura Artiqova, Andijon mashinasozlik instituti matbuot kotibi Umidjon Mamarasulov hamda jurnalist Abduvali Qurbonovlarning “Ijtimoiy tarmoqlarga mos ravishda axborot yozish”, “Muassasa faoliyatini samarali yoritishda ijtimoiy tarmoqlarning oʻrni. Kamchiliklar va ularni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar”, “Auditoriya bilan ishlash” kabi mavzularda maʼruzalari tinglandi.

Shuningdek, tarmoqlarga joylanayotgan foto va video materiallarda yoʻlga qoʻyilayotgan xato va kamchiliklar, ularni sifatli tayyorlashda eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlar yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi.

Seminar qizgʻin muhokama va savol-javoblarga boy tarzda oʻtkazildi.

Qidirish