Yangiliklar

Image

Institut xotin-qizlar kengashi faoliyati oʻrganildi

Soʻnggi yillarda xotin-qizlar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashning institutsional asoslari yanada mustahkamlandi. 

Natijada xotin -qizlarning jamiyatdagi roli va ishtiroki kundan-kunga ortib bormoqda. Ularga turli sohalarda oʻzlarining isteʼdod hamda imkoniyatlarini namoyon etmoqda. Bularning barchasi mamlakatimizda gender tengligini taʼminlashga katta eʼtibor berilayotganligining yaqqol dalilidir.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining xotin – qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asosan taʼlim muassasalaridagi maslahat kengashlarining faoliyatini oʻrganish belgilangan.

 Ushbu buyruq ijrosini taʼminlash maqsadida vazirlik ishchi guruhi aʼzosi Burajabxon Tursunova Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyurdi. 

Mehmon dastlab, institut Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi raisi va aʼzolari faoliyati hamda ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Oʻrganish davomida muassasada talaba-qizlar odob-axloqi bilan shugʻullanish, ulardagi muammolarni hal qilishda oliygoh xotin-qizlar kengashi faoliyati tizimli yoʻlga qoʻyilgani hamda talabalar turar joylarida yashayotgan talaba-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlarga eʼtibor qaratildi. 

Shuningdek, talaba-qizlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun tashkil qilingan “Qizlarjon” klubi uning doirasida faoliyat yuritayotgan toʻgaraklari haqida maʼlumot berildi.

Qidirish