Yangiliklar

Image

“Zakovat” kechasi oʻtkazildi

Soʻnggi yillarda “Zakovat” intellektual oʻyinini yoshlar orasida rivojlantirish va targʻib qilishga alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda. Bunda Prezidentimizning 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori dasturilamal boʻlib xizmat qilmoqda.


Ushbu qaror hamda yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ilgari surilgan Besh ijobiy tashabbusning ijrosini taʼminlash maqsadida kuni kecha Andijon mashinasozlik instituti talabalari ishtirokida “Zakovat” kechasi oʻtkazildi.


Tadbir avvalida “Zakovat intellektual klubi” NNT viloyat koordinatorlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda klub faoliyati hamda intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, Prezident taʼlim muassasalari oʻquvchilari belgilangan tartibda — oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari hamda oliy taʼlim muassasalariga, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari — oliy taʼlim muassasalarining tegishli taʼlim yoʻnalishlariga, oliy taʼlim muassasalari talabalari — taʼlimning keyingi bosqichiga bazaviy toʻlov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinishi mumkinligi tushuntirildi.


Muloqotdan soʻng fakultetlar tomonidan tuzilgan 8ta jamoa oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazildi.
Oʻyinning har bir turida qiziqarli va mantiqiy savollar berildi. Murosasiz kechgan final bahsida zukko va bilimdon talabalar bir-biridan qiziqarli savollarga javob izlab, oʻz topqirligini ishga solishdi.


Yakunlovchi 8-turda qayd etilgan natijalarga koʻra, “Avtomobilsozlik”, “Algoritm”, “The boys” jamoalari oʻz zukkoligi va topqirligi bilan 8 balldan toʻplab yuqori birinchi uchlikdan oʻrin olishdi.

Qidirish