Yangiliklar

Image

Yashil maydon qizgʻin va murosasiz bahslarga guvoh boʻlmoqda

Talabalarini sport tadbirlariga keng miqyosda jalb qilish, shu orqali ularning jismoniy faolligini yanada oshirish, sport seksiyalari hamda toʻgaraklari faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida oʻtkazilayotgan “Talabalar ligasi” musobaqalari fakultet bosqichlari qizgʻin pallada davom etmoqda.

Jumladan, Avtomobilsozlik hamda Iqtisodiyot fakultetlarida minifutbol oʻyinlarining saralash bosqichi chorak final bahslari murosasiz bahslarga boy tarzda oʻtmoqda. Chorak finalda Iqtisodiyot fakultetidan 6 ta, Avtomobilsozlik fakultetidan esa 5 ta jamoa yashil maydonda toʻp surdi. Yakunda navbatdagi bosqichga 6 ta jamoaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetida esa taqvimi boʻyicha minifutbol boʻyicha saralash bosqichiga start berildi. Ushbu bosqichda 10 dan ortiq jamoa fakultet gʻolibligi va institut bosqichiga yoʻllanma uchun harakat qiladilar.

“Talabalar ligasi” musobaqalari davom etmoqda.

Qidirish