Yangiliklar

Image

Institutimiz doktoranti Italiyada stajirovka oʻtamoqda

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Kuzatuv kengashining 2022-yil 7-dekabrdagi yigʻilish bayoni qaroriga asosan Andijon mashinasozlik instituti “Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish” kafedrasi tayanch doktoranti Asrorbek Eraliyev Yosh olimlarning qisqa muddatli ilmiy stajirovkalari boʻyicha tanlovi gʻoliblari safidan joy egallagan.

Belgilangan rejaga asosan Asrorbek Eraliyev ayni paytda Turin politexnika universitetida mexatronika muhandisligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari yoʻnalishi boʻyicha stajirovka oʻtamoqda.

Stajirovka dasturi doirasida u universitetning Mexanika va Aerokosmik muhandisligi kafedrasi professori Giovanni Bracco ilmiy rahbarligida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida ishlovchi simsiz sensor va aktuatorlar tarmogʻini loyihalash” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borilmoqda.

Maʼlumot uchun, stajirovkalarga yuborish bilan bogʻliq barcha xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan.

Qidirish