Yangiliklar

Image

Institutda 10 dan ortiq sport to‘garaklari faoliyat yuritmoqda

Prezidentimizning 2020-yil 30-oktyabrdagi qaroriga asosan taʼlim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shugʻullanishga shart-sharoitlar yaratish sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishi etib belgilangan.

Ushbu qaror ijrosini taʼminlash hamda talabalar va institut atrofidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 10 dan ortiq turli sport toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan institutning asosiy binosida jahon chempioni Muhammadqodir Sobirov murabbiyligida boks toʻgaragi faoliyat yuritmoqda.

Qidirish