Yangiliklar

Image

“Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusiga bag‘ishlangan dars tashkillashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 18 sentabr 02/02-02/2-98-son topshirig‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida shu yilning 20 sentabr kuni Andijon mashinasozlik instituti “Gumanitar fanlar” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori U.S. Abdullaev tomonidan “Avtomobilsozlik” fakulteti 1 – bosqich talabalari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusiga bag‘ishlangan dars tashkillashtirildi.

         Dars jarayonida talabalarga Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy – madaniy islohotlarning mazmun – mohiyati haqida tushunchalar berildi. Darsda inson huquqlari masalasiga alohida urg‘u berildi. Dars qizg‘in munozaralar asosida o‘tdi.


Qidirish