Yangiliklar

Image

Yoshlar ittifoqi instituti boshlangʻich tashkiloti yetakchisining hisoboti tinglandi

Andijon mashinasozlik institutida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining hisobot-yigʻilishi oʻtkazildi.

Unda institutning birinchi prorektori A.Ermatov, Oʻzbekiston yoshlari ittifoqi viloyat Kengashi raisining oʻrinbosari M.Odilov, institut maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi M.Xoliqova hamda boshlangʻich tashkilot aʼzolari ishtirok etdi. 

Yigʻilishda yoshlar yetakchisi Ilhomjon Qobulovning boshlangʻich tashkiloti hamda uning koordinatorlari tomonidan oʻtgan 2022-2023-oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.

Hisobot-yigʻilish davomida 2023-2024 oʻquv yili davomida talaba-yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni maʼnaviy-mafkuraviy dunyoqarashini mustahkamlash, iqtidorlilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, tashabbuslarini amalga oshirishga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Shuningdek, yangi tarkibdagi Boshlangʻich tashkilot Kengashi aʼzolari va fakultet koordinatorlari talaba yoshlarga tanishtirildi.

Tadbir soʻnggida institut rektori U.Turdialiyev tashabbusi bilan  koordinatorlarga kelgusidagi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ishlar sifatini oshirish maqsadida xizmat planshetlari topshirildi.

Qidirish