Shu kunlarda viloyatimiz boʻylab, Prezident administratsiyasi, vazirlik va idoralar, hokimlik hamda boshqarmalar rahbarlaridan iborat taʼlim tashkilotlari faoliyatini oʻrganish yuzasidan ishchi guruh faoliyat olib bormoqda.
Ishchi guruh aʼzolari taʼlim muassasalarida oʻquvchi va talabalarga sifatli taʼlim berish uchun yaratilgan sharoitlar, yoshlarning vaqtini mazmunli oʻtkazishlari uchun tashkil etilayotgan “Besh ijobiy tashabbus” loyihalari, talabalar turar-joyi faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.
Kuni kecha ishchi guruhi aʼzolari — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Taʼlim muassasalari faoliyatini tahlil qilish boshqarmasi boshligʻi Sherzod Neʼmatov hamda viloyat oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Muzaffar Madazimovlar Andijon mashinasozlik institutida boʻlishdi.
Ishchi guruh institutda mavjud uchta talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlarda yashovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, talabalar bilan yuzma-yuz suhbatlashdi.
Oʻrganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek talabalarni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha takliflar bildirildi.
Maʼlumot uchun, institutda 1170 nafar joyga ega 3 ta talabalar turar joyi mavjud. Shundan 2 tasi institutga qarashli, bittasi davlat-xususiy sherikchiligi asosida faoliyat koʻrsatadi.