Yangiliklar

Image

Elektrotexnika fakulteti “Rektor va yoshlar” uchrashuvi

2023-2024 oʻquv yilida Andijon mashinasozlik institutiga 28 yoʻnalish boʻyicha jami 1700 nafarga yaqin yigit-qizlar talabalikka qabul qilindi. Shunda 900 nafardan ortigʻi kunduzgi taʼlim yoʻnalishida oʻquv jarayonlarini boshladi. 

Oʻquv yili boshidan talabalar oʻzlari uchun institutda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Oʻtgan haftadan buyon institut rektori Umid Turdialiyev ana shu talabalikka qabul qiligan yoshlar bilan belgilangan jadval asosida yuzma-yuz muloqotlar oʻtkazmoqda.

“Rektor va yoshlar” uchrashuvining navbatdagisi bugun Elektrotexnika fakultetida oʻtkazildi.

Uchrashuv avvalida rektor talabalarni qabul qilinganliklari bilan yana bir bor tabriklab, oliy taʼlimdagi tub islohotlar, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar xususida soʻz yuritib, talaba-yoshlarni maʼnaviy yetuk shaxs sifatida tarbiyalashda taʼlim muassasalarining oʻrni muhimligini bildirdi. 

Muloqot davomida institutdagi shart-sharoit, taʼlim tizimi haqida atroflicha tushuntirish berdi. Darsdan soʻng boʻsh vaqtda foydalanish mumkin boʻlgan toʻgaraklar, mavjud infratuzilmalardan oqilona foydalanish, moddiy-qoʻllab quvvatlash kabi masalalar xususida atroflicha soʻzladi.

Ochiq-oshkora samimiy ruhda oʻtgan muloqot davomida talaba-yoshlarning taklif va mulohazalari, ularning taʼlim, sport, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalardagi muammo va takliflari eshitildi.

Qidirish