Andijon mashinasozlik instituti Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetida ota-onalar forumi oʻtkazildi.
Unga joriy yilda institutning birinchi bosqichiga qabul qilingan talabalarning ota-onalari taklif qilindi.
Forumda institut birinchi prorektori A.Ermatov va fakultet dekani M.Muxtarov, institut profilaktika inspektori I.Qahhorovlar soʻzga chiqishib, institut tarixi va bugungi kuni, mavjud ichki qoidalar, kredit-modul tizimi, toʻlovlar tartibi haqida maʼlumot berishdi.
Shuningdek, talabalarning darsga qatnashishi, davomati, kiyinish madaniyati, institutda oʻzini tuta olishi, fanlarni oʻzlashtirishi va bu boradagi ota-onalar oldida turgan vazifalar oʻrtaga tashlandi.
Tadbir davomida eng yuqori ballar bilan talabalikka qabul qilingan yoshlarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Shundan soʻng ota-onalar institutning auditoriya va laboratoriyalari, sport majmuasi va axborot texnologiyalari markazi, talabalar turar-joyida yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.