Yangiliklar

Image

“Taʼlim muassasasi – mahalla uchun maʼnaviyat oʻchogʻi” shiori ostida mahorat darsi

Andijon mashinasozlik instituti Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti 4-bosqich talabalari uchun “Taʼlim muassasasi – mahalla uchun maʼnaviyat oʻchogʻi” shiori ostida mahorat darsi oʻtkazildi.

Mahorat darsi avvalida soʻzga chiqqan institutning Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi M. Xaliqova ushbu darslarni oʻtkazishdan maqsad yoshlar ongiga vatanga sadoqat va harbiy-vatanparvarlik ruhini singdirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, sportga boʻlgan qiziqishlarini hamda kasbga tayyorlab borishdan iboratligini bildirdi.

Shundan soʻng Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi xizmatchisi, kichik serjant Sh. Roʻzimatov tomonidan mahorat darsi oʻtildi.

Mahorat darsi davomida Sh. Roʻzimatov Milliy gvardiya faoliyati, oʻzining erishgan yutuqlari haqida qisqacha maʼlumot berdi. Shuningdek, Vatanni qoʻriqlash, uni yot koʻzlardan asrash, turli buzgʻunchi va jinoiy guruhlarga qarshi kurashish inson uchun oʻziga xos faxr ekanligini hayotiy misollar asosida tushuntirishlar berdi.

Maʼlumot uchun, “Taʼlim muassasasi – mahalla uchun maʼnaviyat oʻchogʻi” shiori ostidagi mahorat darslari Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan bilim maskanlarida oʻquv jarayonlariga xalaqit qilmagan holda muntazam ravishda haftaning har payshanba kuni oʻquv binolarining boʻsh hududlarida oʻtkazilishi belgilangan.

Qidirish